Bolalarda koronavirusdan ham xavfliroq kasallik paydo bo`lishi mumkin - JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lum qilishicha, 2020 yilda 22 milliondan ortiq bola pandemiya tufayli qizamiqga qarshi vaksinaning dastlabki dozasini o`tkazib yuborgan. Bu haqda JSST va AQSh kasalliklarni nazorat qilish hamda oldini olish markazlarining navbatdagi hisobotida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, qizamiq bilan kasallanish xavfi ro`yxatga olingan holatlarning kamayishiga qaramay, o`sishda davom etmoqda.

“2020 yilda 22 mlndan ortiq bola qizamiqga qarshi vaksinaning birinchi dozasini o`tkazib yubordi. Bu 2019 yilga nisbatan 3 mlndan ko`pdir. So`nggi 20 yillikdagi eng katta o`sishni anglatadi va epidemiyalar uchun xavfli sharoit yaratadi, - deydi ekspert.

Реклама на Unews

Ma`lum bo`lishicha, bolalarning atigi 70 foizi vaksinaning ikkinchi dozasini oldi, bu aholini himoya qilish uchun zarur bo`lgan 95 foizi emlashdan sezirarli darajada kam.

Qizamiqning asosiy avj olishi 26ta mamlakatda kuzatilgan. Pandemiya tufayli 23ta davlatda qizamiqga qarshi emlash kampaniyalari noma`lum muddatga qoldirildi.

"Koronavirusga qarshi emlash muhim. Biroq bu asosiy emlash dasturlariga ta`sir qilmasligi uchun yangi resurslarni talab qiladi. Umuman emlashlar himoyalanish va kuchaytirilishi kerak. Aks holda, bizni halokatli kasallikni boshqasiga almashtirish xavfi ostida qolamiz", - deya ogohlantirdi JSST vakili.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring