Boks bo`yicha U-22 Osiyo chempionati O`zbekistonda o`tkaziladi

Osiyo boks konfederasiyasi shu yil 7-17-dekabr kunlari 22 yoshgacha bo`lgan bokschilar o`rtasida qit`a chempionati Toshkent shahrida o`tkazilishini rasman e`lon qildi. Bu haqda turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

 Ushbu musobaqa ilk marotaba tashkil etilmoqda va unda 22 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishadi. Chempionatda 1999-2002 yillarda tug`ilgan yoshlar qatnashishi mumkin.

Osiyo boks konfederasiyasi o`z xabarida O`zbekiston Osiyo boksida qudratli davlat ekanligi, Toshkent shahridagi yuqori tashkilotchilik va mehmondo`stlik, Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti, O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Saken Polatov tomonidan rejalashtirilayotgan ishlar, shuningdek federasiya rasmiysi haqida ham to`xtalib o`tgan.

Реклама на Unews

Ma`lumot uchun: 2023-yilgi kattalar o`rtasida Jahon chempionati ham Toshkentda o`tkaziladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring