Bog`chalar yopilmaydi, karantin qoidalari kuchaytiriladi — Maktabgacha ta`lim vazirligi

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat`iy rioya qilinadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta`lim vazirligi quyidagilarni ma`lum qiladi:

  • Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida “Covid 19”pandemiyasi davrida maktabgacha ta`lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo`yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar»ga qat`iy rioya etiladi;
  • davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o`tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;  
  • ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo`l qo`yilmaydi (zarur vaziyatlarda so`nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo`lishi lozim);
  • yig`ilishlar o`tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig`ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o`tkazish choralari ko`riladi;
  • mazkur cheklovning buzilishiga yo`l qo`yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo`llaniladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring