BMT Ukrainadagi urushda halok bo`lgan tinch aholi sonini e`lon qildi

2022 yil 24 fevralda Rossiyaning keng ko`lamli bosqini boshlanganidan buyon BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada 21 965 nafar tinch aholi qurbon bo`lganini qayd etdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda.

 

Haftalik xulosaga ko`ra, 8 231 kishi halok bo`ldi va 13 734 nafari yaralandi.

Yaralanganlar orasida 413 nafar erkak va 295 nafar ayol, shuningdek, jinsi hali aniqlanmagan 271 nafar bola bor. 3 664 nafar erkak va 2 173 nafar ayol hayotdan ko`z yumgan. Qurbonlar orasida 1 900 nafar katta yoshdagilarning jinsi hali aniqlanmagan.

Реклама на Unews

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta`kidlashicha, haqiqiy raqamlar ancha ko`p, chunki shiddatli jangovar harakatlar kechgan ba`zi joylardan ma`lumot olish kechiktirilgan va ko`plab xabarlar hali tasdiqlanmagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring