BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. «Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — degan bosh kotib.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda u o‘zining Twitter akkauntida ma’lum qildi.

BMT Bosh kotibi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgani haqida xabar bergan.

«Barcha uchun hamma joyda vaksina bo‘lishi uchun ishlashimiz kerak. Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — deb yozgan BMT bosh kotibi.

Реклама на Unews

Guterresh qaysi vaksinadan foydalangani ma’lum qilinmagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring