“Bizda birlik yo‘q” – xonanda Sanjay Moskvada yashayotgan o‘zbeklar va chechenlar hayotini solishtirdi (VIDEO)

Xonanda Sanjay yutyubdagi kanallarning biriga intervyu berdi. Xonanda intervyu davomida Moskvada yashayotgan o‘zbek va chechenlar hayotini solishtirdi.
“Men u yerda yashaganman va ularning (chechenlarning) urf-odatini o‘rganganman. O‘zbeklar aholisi 30 mln (2020 yil iyul oyidagi ma’lumot: O‘zbekiston aholisi 34 million 191 ming 700 kishi - tahr.), chechenlar esa maksimum dunyo bo‘yicha 3 mln. Moskvada men yashagan paytda 5 mln.ga yaqin o‘zbeklar yashardi, chechenlar esa 100-200 ming nafar. Lekin qanaqadir “ishkal” bo‘lib qolsa mana shu chechenlarning 100 mingtasi keladi. O‘zbeklardan esa 100 tasi ham kelmaydi. Nima uchun chechenlardan hamma qo‘rqadi? Chunki ular birlashadi”, – deydi xonanda.
Shu o‘rinda xonanda Sanjay Amir Temurning “Kuch birlikda” deb aytgan iborasini eslab, bugungi kunda unga amal qilinmayotganini ta’kidladi.
“Qachonki biz birlashsak O‘zbekiston aholisi hech qachon Rossiyaga borib qora ish qilmaydi”, – deya qo‘shimcha qildi xonanda.
U, shuningdek, yaqinda ijod qilish uchun Rossiyaga ketishini, bu yerda unga ijod qilishga berishmayotganini aytib o‘tdi.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring