BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboev ma`lum qildi.

— Keyingi yillarda bitiruvchilarga davlat tomonidan oliy ta`lim olish bo`yicha katta imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shulardan biri sifatida bitiruvchilarning ortiqcha ovora bo`lmasliklari, faqat bir marta imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda.  

Maktab, akademik liseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, ya`ni unifikasiya qilish to`g`risida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan.

Lekin oldingi yillarda bitirgan abiturientlar uchun kirish test sinovlari alohida o`tkaziladi.

Shu o`rinda eslatish lozim, bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda bo`lsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi (maktablarda emas), dedi DTM Matbuot 

Ortiqxo‘jayev o‘z davrida Toshkent iqtisodiyoti 2 baravar o‘sganini aytdi. Aslida ham shundaymi? Joriy yilning, 2 iyun kuni, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Amerikaning Crow Holdings kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ortiqxo‘jayev so‘nggi 3 yilda, ya’ni o‘zining hokimlik davrida poytaxt iqtisodi 2 baravar o‘sganini aytib o‘tdi. “Toshkent shahar hokimi amerikalik tadbirkor va olimlarni poytaxtimizda ko‘rib turganidan xursandligini bildirib, mehmonlarga Toshkentning so‘nggi yillardagi yutuqlari, salohiyat va imkoniyati haqida ma’lumot berdi. Jumladan, shahar iqtisodiyoti oxirgi 3 yilda ikki barobar yuksalganini alohida qayd etib o‘tdi, deyiladi hokimlik xabarida. Shu bilan birga hokim oxirgi 3 yilda poyaxtda 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilgani, ayni paytda ta’limni rivojlantirishga, jumladan, xususiy ta’limning hissasini oshirishga ham katta e’tibor qaratilayotganligini, fizika, matematika, kimyo, biologiya, geografiya fanlari qatori ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari uchun hokim stipendiyasi va mukofot puli joriy qilinganini ta’kidlagan. Ammo hokim 3 yillik faoliyati haqida ma’lumot berib, raqamlarni oshirib yuborgani ayon bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti 2018 yilda 64,5 trillion so‘mni tashkil etgan (o‘sish – 11,1 foiz), 2019 yilda 86,1 trillion so‘m (o‘sish 8,4 foiz), 2020 yilda esa 97,5 trillion so‘m (o‘sish 1,8 foiz). Statistik ma’lumotlar poytaxt YAHMning o‘sishi sur’ati 3 yilda 22,6 foizni tashkil etganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Toshkentda so‘nggi 3 yilda Ortiqxo‘jayev aytganidek, 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilmagan. Poytaxtda bu vaqt oralig‘ida 12 ta yerosti va 2 ta yerusti metro bekatlari qurildi. Hokim metro qurilishiga doir ma’lumotlarni qariyb 2 baravar oshirib yuborgan. Toshkentshahar hokimligi statistik ma’lumotlarning oshirib aytilgani bo‘yicha hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi. Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yil 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi etib tayinlangan. QALAMPIR.UZ'da Ortiqxo‘jayevning 3 yillik faoliyatiga dori maqola e’lon qilingandi.

Fikr qoldiring