Biryo‘la sakkiz hududda bemorlar aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi

2020-yil 30-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 519 (+165) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining:

94 nafari Toshkent shahrida,
32 nafari Namangan viloyatida,
12 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 52 970 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 081 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring