Birjada ilk marta un bo`yicha ochiq savdo bo`ldi

Joriy yil 1 iyunda O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida un mahsuloti bo`yicha dastlabki ochiq birja savdolari o`tkazildi.

Birinchi kunda “O`zdonmahsulot” korxonalari 10 ming tonna 1-navli unni savdoga qo`ydi, shundan 83 foizi sotildi. O`rtacha narx – tonnasiga 4,5 mln. so`m bo`lib, mutaxassislar hisob-kitobiga ko`ra, bugun birjada shakllangan narxdagi undan qolipli non ishlab chiqarish va uni do`konlarga etkazib berishning tannarxi o`rtacha 2550 so`mga tushadi.

 

Birjaning ma`lum qilishicha, “O`zdonmahsulot” AJ tarkibidagi 44 ta korxonalar tomonidan birja savdolariga 10,0 ming tonna 1-navli un qo`yildi va ulardan 8,3 ming tonnasi, ya`ni 83% sotildi. Birja savdolarida sotilmagan qoldiq unning hajmi qariyb 1,7 ming tonnani tashkil etdi. Ya`ni birjaning un bozorida taklif etarli darajada bo`ldi.

Реклама на Unews

O`tkazilgan birja savdo yakunlariga ko`ra, 1-navli unning o`rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4 497,8 ming so`mni tashkil qildi. Birjada un bo`yicha shakllangan kotirovka uning boshlang`ich narxi (4 241,9 ming so`m)ga nisbatan 6% ga o`sdi.

Un bo`yicha o`tkazilgan birja savdolarida jami 2 822 ta xaridor ishtirok etgan bo`lib, ulardan 56 tasi Toshken non ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi. Ushbu korxonalar birjada jami 874 tonna 1-navli un sotib oldi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring