Bir kunda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga qachondan pul to‘lanishi yuzasidan izoh berildi

Joriy yilning 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakili Umid Rajabov «Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon ijrosi haqida ma’lumot berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning birinchi choragidan boshlab prezident farmoniga ko‘ra yaratilgan maxsus platforma orqali bir kunda 10 ming qadam yurgan shaxsning elektron hamyoniga 3 ming so‘m tushadi. Bu platforma Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalar  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

«10 ming qadam va undan ortiq yurgan shaxs qanday aniqlanadi?» degan savol tug‘ilishi mumkin. Bu ilova telefonda yuklanadi va onlayn tizimda ishlaydi. Mutaxassislar tomonidan bu platforma shunday yaratilyaptiki, shaxsga tegishli ma’lumotlar (ism-sharifi, bo‘yi, vazni, yoshi) kiritilgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tilgach start tugmasi bosiladi va 10 ming qadam va undan ortiq yurilsa, ma’lumot yaratilgan maxsus bazada ko‘rinadi. Shu ma’lumot asosida fuqaroning elektron hamyoniga mablag‘ kelib tushadi», — dedi Umid Rajabov.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 15-12-2020 Muhriddin

    Ilovani qayerdan olamiz aniq malumot kerak ko'r korona gapmas.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish