Bir guruh o`zbekistonliklar Sheremetevo aeroportida qolib ketgani yuzasidan ma`lumot berildi

Rossiya Federasiyasi hududiga kirishi rad etilganligi sababli bir guruh yurtdoshlarimizning Sheremetevo aeroportining tranzit hududida bo`lib turgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Ma`lum bo`lishicha, O`zbekistondagi ba`zi aviachipta sotuvchilari tomonidan Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi ko`plab fuqarolarga soxta tibbiy ma`lumotnomalar bilan Rossiya hududiga olib kirib qo`yish taklif qilingan. O`zbekistonning turli hududlaridan ko`plab fuqarolar ulardan aviachipta bilan birga soxta tibbiy ma`lumotnomani sotib olib Rossiyaga uchib borgan.

Sheremetevo aeroporti chegara xizmatlari xodimlari tomonidan yo`lovchilar hujjatlarining haqiqiy emasligi ma`lum bo`lgach, ularga mamlakat hududiga kirish rad etilgan.

Реклама на Unews

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi va O`zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi mas`ullari fuqarolarni olib kelgan Rossiya aviakompaniyalari bilan uchrashib, mazkur holat yuzasidan izoh so`ragan. Aviakompaniyalar vakillari Rossiya Federasiyasi chegarasini kesib o`tish qoidalari va amaldagi cheklovlar to`g`risida fuqarolar xabardor qilinganini hamda yo`lovchilarning mamlakatga kirishining rad etilishida hech qanday majburiyati yo`qligini ma`lum qilgan.

Ayni paytda Rossiyaga soxta hujjatlar bilan noqonuniy borgan fuqarolar O`zbekistonga qaytarilmoqda.

Ta`kidlash joiz, pandemiya munosabati bilan chet el, shu jumladan O`zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishi bo`yicha joriy etilgan cheklovlar hali bekor bo`lmagan.

Реклама на Unews

Shu o`rnida, yurtdoshlarimizga Rossiyaning vakolatli rasmiy organlari bilan aloqalari borligi va shu sababli ushbu davlat hududiga olib kirib qo`yishni va`da qilib, turli soxta hujjatlar tayyorlab berayotgan shaxslarga ishonmaslikni tavsiya qilamiz.

Pandemiya davrida faqat Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Rossiyaning yirik ish beruvchilari bilan hamkorlikda yurtdoshlarimiz ushbu davlatga tashkillashtirilgan holda ishga jalb etilmoqda.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq masalalarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring