Besh nafar o‘zbek bokschisi xalqaro turnirda keyingi bosqichga yo‘l oldi

Ayni kunlarda Vengriyada boks bo‘yicha Ishtvan Bochkai xalqaro xotira turniri o‘tkazilmoqda. Turnirda ko‘pgina O‘zbekiston vakillari ham g‘oliblik uchun kurash olib boryapti.

8 fevral kungi bahslarda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilib, ulardan 4 nafari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -57 kilogramda Samandar Xolmurodov, -71 kilogramda Kamron Turg‘unboyev, -80 kilogramda To‘rabek Xabibullayev va Rahmatillo Boymatov janglarda zafar quchdi. -67 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bekzod Bekmurodov avstriyalik Garri Garsaydga imkoniyatni boy berdi.

-54 kilogramda Xo‘janazar Nortojiyev va -92 kilogramda Sanjar Tursunov sog‘lig‘idagi muammolar sabab ringga chiqa olmadi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Vengriyadagi turnirga jami 13 nafar o‘zbekistonlik jangchi jo‘nab ketgandi. Musobaqa 11 fevralga qadar davom etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring