Bepul tibbiy xizmatlar va dorilar bo`yicha "Kafolatlangan paket"lar joriy etiladi

“Sog`liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi — “kafolatlangan paket” ishlab chiqiladi.

Kafolatlangan paket birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va shifoxonalarida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, O`zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga taqdim etiladi. 

Aholining sog`lig`i bilan bog`liq ko`rsatkichlarini monitoring qilish, ularni tibbiyot muassasasiga biriktirish, kasallik tarixini yuritish, dori vositalari uchun resept yozish va kafolatlangan paketga muvofiq tibbiyot muassasalariga yo`naltirish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

Реклама на Unews

Kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va to`liq tibbiy yordam ko`rsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring