Bektemir tumanida erkak va ayol o`rtasida kelib chiqqan janjal qotillik bilan yakun topdi (Video)

Ichkilikbozlik insoniyat boshiga turli kulfatlar yog`diruvchi illatlar ichida eng dahshatlisidir. 2020 yil 24 may kuni taxminan 21.30 larda Toshkent shahri, Bektemir tumanida ijarada yashovchi Xursandali ismli fuqaro bilan mazkur xonadonda vaqtinchalik ijarada turuvchi Shoira ismli fuqaro o`rtasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Oqibatda Xursandali oshxona pichog`i bilan qurollanib, Shoiraga tan jarohati etkazgan va voqea joyidan yashiringan. Shoira ismli fuqaro olgan tan jarohati natijasida respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyat bo`limiga etkazilgan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Xursandali ismli fuqaroga nisbatan 2020 yilning 25 may kuni O`zbekiston respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2020 yilning 26 may kuni Xursandali ismli fuqaro O`z.R.JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo`llandi. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Bektemir tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu video lavhani mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring