«Bekor qildingiz bu narsani» Insta’bloger Doniyor Kayumov o‘zidan 15 yosh katta aktrisa Sitora Farmonova bilan munosabatlari tugaganini ma’lum qildi

Instaʼbloger Doniyor Kayumov «Tashkent City»da 28 oktyabr kuni o‘zidan 15 yosh katta aktrisa Sitora Farmonovaga sevgi izhor qilgani haqida xabar berilgandi. 30 noyabr kuni Doniyor Kayumov o‘zining Instagram sahifasida Sitora Farmonova bilan munosabatlari yomonlashganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ular bir oz muddat birga bo‘lgan va har ikkisi ham o‘zining Instagram sahifalariga birga tushgan rasm va videolarini yuklagan. Lekin ma’lum muddat o‘tgach, ya’ni 30 noyabr kuni Doniyor Kayumov o‘zining Instagram’dagi sahifasida aktrisa Sitora Farmonova bilan barcha munosabatlarni tugaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu munosabat rost bo‘lgan.

 

Реклама на Unews

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Sitora Farmonova o‘zining Instagram sahifasidan Doniyor Kayumov bilan tushgan barcha rasmlarini olib tashlab, uning obunachilari safidan chiqib ketgan.

Ma’lumot o‘rnida, Doniyor Kayumov 1999 yil 20 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirda uni Instagram’da 505 ming, TikTok’da esa 352,3 ming obunachi kuzatadi.

Sitora Farmonova esa 1984 yil 20 avgust kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. U o‘zbek kinosidagi faoliyatini 1998 yil efirga uzatilgan «Ayol zoti» nomli serialda rol ijro etishdan boshlagan. U bir necha kinokomediyalarda, jumladan, «Xavfli burilish», «Mening akam bo‘ydoq» hamda «Endi dadam bo‘ydoq» filmlarida o‘ynagan rollari bilan o‘zbek kino olamida shuhrat qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Sitora Farmonova «Omon-omon» ko‘rsatuvida bergan intervyuisda unga Gollivudda 700 ming AQSh dollar evaziga behayo sahnalari bor badiiy filmga suratga tushish taklif qilingani, bundan tashqari, uni yotog‘iga taklif qilgan taniqli rejissyor haqida gapirgandi.
 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring