Bekobodda bo`lgan katta janjal haqida ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bekobodda bir to`da fuqarolar ishtirokida janjal, ichki ishlar xodimlari ularni ajratmoqda” izohi ostida tarqatilgan video xabar yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibi ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 11 mart kuni taxminan soat 11:30 larda Bekobod tuman IIB Navbatchilik qismiga tuman “Qoraqo`yli” MFY hududida 1991 y.t. F.M.  o`ziga avvaldan tanish bo`lgan fuqaro Y.X. bilan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgani haqida xabar kelib tushgan (ular orasida avvaldan oilaviy kelishmovchilik bo`lgan).

Shundan so`ng, fuqaro Y.X. tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan va voqea haqida ikki nafar o`g`liga xabar bergan. Shuningdek, fuqaro F.M. ham yaqinlariga xabar bergan.

Реклама на Unews

Xabar yuzasidan etib borgan IIB xodimlari shifoxona hovlisida 7 nafar fuqarolar o`rtasida yuzaga kelgan nizoli vaziyatni bartaraf etib, xizmat vazifasini bajargan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring