Batafsil: Sardobada oqib ketgan gvardiyachilardan bittasi halok bo‘lgan, ikkinchisi tirik, uchinchisi esa...

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida falokat yuz bergan vaqtda aholini evakuasiya qilish ishlari vaqtida Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgan. Bu haqda Milliy gvardiyaning Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov 8 may, juma kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Aholini evakuasiya qilish tadbirlari vaqtida Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh komandiri, kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi, oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi, uchinchi darajali serjant Husniddin Suyarov suv toshqinida oqib ketgan.

«Qidiruv natijasiga ko‘ra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 kilometr uzoqlikdagi masofada sog‘ holda topilgan. Uchinchi darajali serjant Suyarovning jasadi 3 may kuni soat 8:00 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i ‘Kichik Bobur’ mahallasidan topilgan. Ming afsuski, oddiy askar Suyunovni qidirish bo‘yicha ishlar hali o‘z natijasini bergani yo‘q», — dedi Qodirov.

Реклама на Unews

Sardobadagi suv toshqinida Milliy gvardiyaning uch nafar xodimi oqib ketgan

O‘zbekistonga Turkmanistondan navbatdagi nam havo oqimi kirib kelmoqda

AQSh Sardoba falokatidan aziyat chekkan oilalarga moddiy yordam ajratdi

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring