⚡️⚡️Barcha davlat va nodavlat tashkilotlarida korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi — maxsus komissiyasi qarori

Respublika maxsus komissiyasi COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha navbatdagi qarorni qabul qildi, deb yozmoqda "uznews.uz" nashri.

Respublika maxsus komissiyasi yangi 2021 yil kirib kelayotganligini inobatga olib, epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida qator cheklovlar kiritishga qaror qildi. Unga ko‘ra:

• vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlarga turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi;

• vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlariga korporativ bayram tadbirlaridan tejab qolingan mablag‘larni ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehribonlik uylari va boshqa ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish tavsiya etildi;

• yuqoridagi cheklov restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish ob’ektlarida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda bayram tadbirlarini o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi;

• maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va talabalar ishtirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va kechalarini tashkil etish va o‘tkazish taqiqlandi;

• fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi;

• yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlar uchun mo‘ljallangan “Prezident archasi” bayram tadbirlari faqatgina mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari uchun o‘tkazilishi belgilandi, bunda tarbiyalanuvchilarning birgalikda bir maskanda istiqomat qilishi inobatga olindi;

• viloyatlar, tumanlar markazlari va shaharlarda ochiq osmon ostida archalar o‘rnatish tavsiya etiladi;

• vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalari yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish uchun xodimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘radilar;

• restoran, kafe, choyxona va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli topshiriq berildi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring