Barbados respublikaga aylandi. Endi qirolicha Yelizaveta II mamlakatning rasmiy rahbari hisoblanmaydi

Karib havzasidagi Barbados orol-davlati 30 noyabrdan rasman respublikaga aylandi. Shuningdek, oktyabr oyida prezident etib saylangan Sandra Mason lavozimiga kirishdi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II endilikda Karib davlatining rahbari hisoblanmaydi. Tantanali marosim translyasiyasi Barbados hukumatining sayti orqali uzatilgan, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Marosimga Britaniya taxtining merosxo‘ri shahzoda Charlz tashrif buyurgan. Barbados poytaxti Brijtaundagi Milliy qahramonlar maydonida qirolichaning shtandarti tushirilgan.

«Barbadosga qonunga muvofiq sodiq bo‘lishga qasamyod qilaman… men Barbadosga prezident sifatida halol xizmat qilaman. Xudo menga yordam bersin», — deydi Mason o‘zining inauguratsiya nutqida. Davlat rahbari lavozimiga rasman kirishilganidan so‘ng, Brijtaun markazida harbiy parad bo‘lib o‘tgan, u barcha mahalliy televideniye kanallarida translyasiya qilingan. Hukumat tantanali bayramni nishonlash vaqtida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun ijtimoiy masofalanishga rioya qilishni so‘ragan.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring