Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq yerga qulatdi!

Bugun, 13 dekabr tongida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

 

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan Jalolovga Meksikada tashkil etilayotgan boks oqshomida Uilfredo Lil (10-18-3, 8KO) raqiblik qildi.

Реклама на Unews

 

Jangda to‘liq ustunlik qilgan hamyurtimiz raqibini bir necha bor nokdaun holatiga tushirganidan so‘ng, referi jangni davom ettirish imkonsizligidan jangni yakunladi. Shu tarzda Jalolov professional boksdagi mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirgan holda, faoliyatidagi yettinchi g‘alabasiga erishdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring