"Ayrim bog`chalar xo`jako`rsinga tashkil qilingan" – Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalarining 2021 yildagi va 2022 yil birinchi chorakdagi ijrosi ko`rib chiqildi.

 

Xususan, 2021 yilda Maktabgacha ta`lim tizimiga davlat byudjetidan 8,0 trln. so`m mablag` ajratilgan bo`lib, uni to`liq o`zlashtirilishiga erishilgan. Qamrov darajasi 67,2 foizini tashkil qildi. Umumiy ta`limga 27,2 trln. so`m mablag` ajratilgan bo`lsa, bunda Oliy ta`limga ajratilgan mablag` 2 490,1 mlrd. so`mga etdi.

 
 

Fraksiya rahbari Alisher Qodirov maktabgacha ta`lim uchun yildan-yilga ko`p mablag` ajratilayotgan bo`lsa-da, natija kutilganidek bo`lmayotganiga e`tiroz bildirdi.

Реклама на Unews

— O`rganishlarimizdan ma`lum bo`ldiki, davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan ayrim bog`chalar xo`jako`rsin uchun tashkil qilingan. Hatto ba`zilari qog`ozda bor-u amalda yo`q. Lekin qog`ozdagi bog`chalar uchun ham katta mablag` ajratilyapti, — dedi fraksiya rahbari.

Vazirlik vakili bunga javob qaytarib, tizimda muammolar ko`pligini, ya`ni davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan bog`chalarda hujjatlar soxtalashtirilayotgani, ortiqcha xarajatlar qilinayotganini tan olib, bunday harakatlarga qarshi choralar ko`rilayotganini ma`lum qildi.

Yoshlarning oliy ta`limga qamrovini yanada kengaytirish, sog`lom raqobatni kuchaytirish maqsadida 2021 yilda 9 ta yangi davlat oliy ta`lim muassasalari faoliyati yo`lga qo`yildi va 113 taga etkazildi. Mazkur tadbirlarni moliyalashtirish uchun 18,3 mlrd. so`m mablag` yo`naltirildi.

Реклама на Unews

Qayd etilganidek, 2022 yil birinchi chorak uchun tayyorlangan hisobotda O`zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o`sgani qayd etilgan bo`lib, aholining umumiy daromadi 114,2 trln. so`mga etgan. Bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 115,9 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta`lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 10 375,0 mlrd. so`m mablag` yo`naltirildi.

Xususan, Maktabgacha ta`limga byudjetdan 2 274,5 mlrd. so`m mablag` ajratilgan bo`lib, uning 2 091,4 mlrd. so`mi o`zlashtirildi. Qamrov esa 72,4 foizni tashkil qildi.

Umumiy ta`lim yo`nalishiga 7,2 trln. so`m mablag` yo`naltirilgan bo`lib, bu jami ta`lim xarajatining 69,6 foizini tashkil etdi. Sog`liqni saqlashga esa byudjetdan yo`naltirilgan mablag`lar miqdori 5 821,8 mlrd. so`m yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 38 foizga ko`p bo`ldi.

Deputatlar byudjetdan ajratilayotgan xalq pulining har bir so`midan maqsadli va unumli foydalanish lozimligini ta`kidlab, davlat byudjeti va maqsadli jamg`armalar ijrosidan qoniqish hosil qilganini ma`lum qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring