Ayni soatda 2 bemor vafot etdi, 93 kishida koronavirus aniqlandi

Sog`liqni saqlash vazirligi rasmiy kanali ma`lum qilishicha, 2020 yil 19 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 523 (+93) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Bugun ayni paytga qadar:  Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar,  Buxoro viloyatida 18 nafar,  Jizzax viloyatida 11 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar,  Samarqand viloyatida 17 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Farg`ona viloyatida 21 nafar, Xorazm viloyatida 9 nafar, Toshkent viloyatida 35 nafar, Toshkent shahrida 43 nafar bemor tuzaldi.  

Ayni paytda yurtimizda 60 604 nafar (+203) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2388 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring