Aydar-Arnasoy ko`li atrofida ulkan bayroq yoyildi

O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani Navro`z qo`rg`onidagi Aydar–Arnasoy ko`li atrofida bir guruh yoshlar 90 ga 60 metrli O`zbekiston bayrog`ini yoyishdi. Bu haqda Davlat ekologiya qo`mitasi rasmiy kanalida xabar berildi.

Unda O`zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Jizzax viloyat boshqarma boshlig`i Dilmurod Xudoyshukurov boshchiligida faollik ko`rsatgan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji yoshlari, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Arnasoy tuman Kengashining faol yoshlari, Milliy gvardiya hamda viloyat ekologiya boshqarmasi Arnasoy tuman inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Bundan ko`zlangan maqsad yoshlar ongi-tafakkurida mustaqil O`zbekiston bayrog`i — o`zbek xalqining azaliy orzulari timsoli sifatida e`tirof etilishi bo`ldi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring