Avtoolam: importi oshgan avtomobillar, bir oyda 64 dona ishlab chiqarilgan "Tracker" va 8 oylik statistika...

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekistonda 187 610 ta engil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 66 019 taga oshgan. 

2022 yilning yanvar-avgust oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

—  Avtomobil benzini – 768,8 ming tonna

—  Ko`mir – 3,4 mln. tonna

—  Neft – 519,4 ming tonna

—  Gaz kondensati – 864,8 ming tonna

—  Engil avtomobillar – 187 610 dona

—  Avtobus – 713 dona

—  Yuk avtomobillari – 2 784 dona

—  Avtomobil dvigatellari – 145,9 ming dona

Shuningdek, ma`lumotlarga ko`ra, avgust oyida atigi 64 dona Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan.

 

O`zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning avgust oyida ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni esa quyidagicha:

— “Damas” - 6 843 dona  

— “Cobalt”  -  7 757 dona

— “Lacetti-Gentra” - 7 876 dona

— “Nexia T-250” - 1 443 dona

— “Tracker” - 64 dona

— “Spark” - 1 548 dona

Bundan tashqari, bugungi kunda engil avtomobillar importi qariyb 5,7 mingtaga oshgan.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O`zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 511,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 20 765 ta engil avtomobil import qilgan. 

Sharhlar

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring