Australian Open-2023 barcha “Katta dubulg‘a” turnirlari orasida rekord o‘rnatdi

2023 yilgi tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati muxlislar tashrifi bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidagi barcha turnirlar ichida rekord o‘rnatdi

Avstraliya ochiq chempionatida bahslarni tribunadan kuzatgan umumiy tomoshabinlar soni 839 192 nafarni, saralash bahslarini hisobga olganda 902 312 nafarni tashkil etdi.

2023 yilgi turnir Australian Open-2020 rekordini ham yangiladi. Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldingi so‘nggi yirik musobaqani 812 174 tomoshabin arenadan ko‘rgandi.

Реклама на Unews

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilgi Uimbldon turnirida 515 164 nafar, Fransiya ochiq chempionatida 613 500 nafar, AQSH ochiq chempionatida 776 120 nafar tennis ishqibozlari qatnashdi.

Bu yilgi musobaqani Nik Kirgios, Karlos Alkaras va Naomi Osaka kabi yetakchi tennischilar o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, turnir tomoshabinlar bo‘yicha rekordni yangilay oldi. Bundan tashqari, Rojer Federer o‘tgan yilning kuzida faoliyatini yakunlagandi. Shuningdek, Australian Open-2023 tennis afsonasi Serena Uilyamsning nafaqaga chiqqanidan keyingi birinchi “Katta dubulg‘a” turniri bo‘ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring