Asosiy faoliyati parrandachilik bo`lgan tadbirkorlar uchun ayrim soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qo`llaniladi

“Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5146-son, 14.06.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan QQS to`lovchisi bo`lgan parrandachilik xo`jaliklariga – o`z xo`jaliklarida etishtirilib, realizasiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so`m hamda parranda go`shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so`m miqdorida subsidiya ajratilishi belgilandi.  

2025 yil 1 yanvarga qadar:

Реклама на Unews

➖ omuxta em va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik sub`ektlariga aylanma mablag`larni to`ldirish uchun ajratiladigan 10 milliard so`mgacha kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foizdan ortiq bo`lmagan qismi;

➖ parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan 10 milliard so`mgacha kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foizdan ortiq bo`lmagan qismi qoplab beriladi;

➖ kushxona va muzlatkichlarni o`z ichiga olgan parrandalarni so`yishga mo`ljallangan zamonaviy kompleksni ishga tushirgan tadbirkorlarga loyiha qiymati 40 milliard so`mdan oshmaydigan qismining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

Реклама на Unews

Qarorga ko`ra, parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSh dollari miqdoridagi mablag` “Mikrokreditbank” ATBga yo`naltiriladi.  

 2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik bo`lgan tadbirkorlar uchun asosiy faoliyat turi bo`yicha foyda solig`i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag`lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig`i, er solig`i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo`llaniladi.

2022 yil 1 iyulga qadar tuxum, parranda go`shti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlar (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yo`l va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensasiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Qarorga ko`ra, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining parrandachilik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimi joriy etildi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring