Asab tizimining qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlar qanday ovqatlanishi kerak?

SSV matbuot xizmati asab kasalliklariga chalingan bemorlarning parhez ovqatlanishi haqidagi shu kabi savollarga javob olish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri Nizom ERMATOVga murojaat qildi:

— Qaysi kasalliklar asab tizimining qon tomir xastaliklari  hisoblanadi?

—  Asab tizimining qon tomir kasalliklari yurak-qon tomir xastaliklaridan keyin tarqalishi, nogironlikka olib kelishi va noxush hodisalar bilan tugashi bo`yicha etakchi o`rinlardan birini egallaydi. Ularga vegeto-tomir distoniyasi, dissirkulyator ensefalopatiya, tranzitor ishemik ataka, o`tkir gipertonik ensefalopatiya, ishemik va gemorragik insult kabi kasalliklar kiradi.

Реклама на Unews

Dissirkulyator ensefalopatiya — qon aylanishining surunkali etishmovchiligi natijasida rivojlanuvchi bosh miya qon tomirlari kasalligi hisoblanadi.

Insult  — qon aylanishining o`tkir buzilishi natijasida kelib chiquvchi bosh miya qon tomir xastaligi bo`lib, amaliyotda ishemik (tomirlar o`tkazuvchanligi buzilishi oqibatida miyaning chegaralangan to`qimasida qon kelishining buzilishi) va gemorragik (tomirlar yorilishi oqibatida miyaga qon quyilishi) turlari farqlanadi. Ishemik insult uning gemorragik turiga nisbatan 2-3 barobar ko`proq uchraydi.

Ularning har ikkalasida ham inson mehnat qobiliyatining yo`qolishi hamda nogironlik yuzaga kelishi ehtimoli yuqori va kelib chiqishining asosiy sababi — bosh miya qon tomirlarining aterosklerozi hisoblanadi.

Реклама на Unews

— Ateroskleroz asosan qanday sabablarga ko`ra rivojlanadi?

— Ateroskleroz rivojlanishining asosiy sababi, yog`simon moddalarning (xolesterin) tomirlar ichiga o`tirib qolishi hisoblanadi. Jarayon ko`p hollarda ovqatlanish tartibi va me`yorining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Shunday ekan, bosh miya qon tomirlari kasalliklarining oldini olish va davolash uchun tavsiya etiladigan parhez taomlar qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga qaratilgan bo`lishi kerak.

Buning uchun, avvalo, tarkibida xolesterin saqlovchi tuxum, hayvon mahsulotlari, dudlangan narsalar, qahva, kakao, shokolad, qora choy kabi mahsulotlarni rasiondan chiqarish lozim. Aksincha, unga S va V2 vitaminlari hamda yodga boy bo`lgan oziq-ovqatlarni (karam, no`xat, anjir, uzum, tarvuz,  o`simlik yog`idan tayyorlangan taomlar) kiritish kerak.

Bu moddalar qon tomirlar devorida xolesterin qatlami hosil bo`lishining oldini oladi.

— Tutqanoq ham asab tizimi kasalliklaridan hisoblanadi. Unga qarshi kurashishda qanday ovqatlanish tavsiya etiladi?

— Epilepsiya (tutqanoq) — bu turli xil sabablarga ko`ra yuzaga keladigan, tez-tez takrorlanib turuvchi xurujlar bilan namoyon bo`ladigan surunkali kasallik.  

Afsuski, bemorlarning bir qismida muntazam dorilar bilan davolanishlariga qaramasdan tutqanoq xurujlari ko`payib boradi. Ularga dorilar bilan bir qatorda ketogen (yog`li) parhez tavsiya etish muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashish muolajaning muhim yo`nalishidan biri hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati ko`p miqdorda yog`larga boy mahsulotlarni iste`mol qilib, uglevodlarni cheklashdan iborat.  

Ketogen parhezning dastlabki uch kuni davomida barcha taomlar cheklanib, faqat istalgan miqdorda suv ichiladi. Ammo ma`danli va gazlangan suvlar, meva sharbatlari ichish taqiqlanadi.  

Bu davrda bemorning harakat-faoliyati kamaytiriladi, ba`zan esa to`la yotoq tartibi buyuriladi.  

Keyingi uch kunda odatdagi ovqatlar kunlik miqdorining to`rtdan bir qismi iste`mol qilinadi. Ular taxminan 1 gramm oqsil va uglevodga 4 gramm yog` nisbatida bo`lishi kerak.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring