Armanistonning sobiq Prezidenti Pashinyanni Putinga hurmatsizlikda aybladi

Armanistonning sobiq Prezidenti Serj Sargsyan Respublika Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga nisbatan hurmatsizlik qilgan deb hisoblaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.  

“Siz Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga hurmatsizlik qilsangiz, u sizga hurmat ko‘rsatadimi? Siz kim bo‘libsizki, Rossiya Federatsiyasi Prezidentini aeroportda kutib olmasangiz? Shaxsiyatidan qat’i nazar: Putin, Medvedev, Yelsin. Nega hurmatsizlik qilasiz?”degan Sargsyan Pashinyanga qarata. 

U Armaniston qonunchiligiga binoan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zo davlatlari Prezidentlari va Bosh vazirlarini aeroportda Armaniston Bosh vaziri yoki Prezidenti kutib olishi kerakligini eslagan. Rossiya-Armaniston munosabatlari haqida gapirganda, Sargsyan Rossiya Armanistonning ittifoqchisi bo‘lganini va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishini ta’kidlagan. 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Putin Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy kengashining forumida ishtirok etgan. Ma’lum bo‘lishicha, Pashinyan Rossiya rahbarini aeroportda kutib olmagan. Shu bilan birga, Pashinyan Putin bilan uchrashishni xohlashda davom etgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring