Armaniston prezidenti koronavirusga chalindi

Londonda operatsiyani boshidan o‘tkazgan Armaniston rahbari Armen Sarkisyanda koronavirus aniqlandi, u izolyasiyaga olindi, deya xabar berdi prezident ma’muriyati,deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Prezident mehnat ta’tili doirasida Londonda yangi yilni oilasi va nabiralari bilan kutib olgan. 3- yanvar kuni Sarkisyanning oyog‘i operatsiya qilindi. Jarrohlik muolajasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Ammo davlat rahbarida yangi turdagi koronavirus alomatlari paydo bo‘ldi. Uning virusga topshirgan test natijalari musbat chiqdi», — deya ma’lum qildi manba.

Ta’kidlanishicha, Sarkisyan izolyasiya olingan. U vaqtincha o‘z ishini masofaviy tartibda davom ettiradi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring