AQShning sobiq prezidentiga qancha pensiya berilishi ma’lum bo‘ldi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yiliga 221,4 ming dollar (oyiga 18,45 ming dollar) pensiya va ijtimoiy imtiyozlar olish huquqiga ega. Ammo u bulardan mahrum bo‘lishi ham mumkin, deb yozadi CNN, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

 1958 yilda qabul qilingan sobiq prezidentlar to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra, imtiyozlar impichment yoki jinoyati uchun sudlanganligi sababli lavozimidan chetlatilmagan prezidentlargagina beriladi.

Trampning prezidentlik muddati nihoyasiga yetdi, unga impichment e’lon qilinmadi. Endilikda so‘nggi so‘zni sud aytadi.

Реклама на Unews

Donald Tramp pensiyadan tashqari umrining oxirigacha qo‘riqchilar bilan ta’minlanishi mumkin. Uni va sobiq xonim Melaniya Trampni qo‘riqlash uchun davlat byudjetidan yiliga 1,5 million dollarga yaqin pul ajratilishi mumkin.

Tramp shuningdek, AQShda ofis ochishi va xodimlar yollashi mumkin bo‘ladi. Xodimlarning maoshi qisman federal byudjetdan to‘lanadi.

Sobiq prezident va uning ikki yordamchisining safarlari uchun yiliga bir million dollargacha beriladi.

Реклама на Unews

Tramplar juftligi harbiy gospitallarda davolana oladi, ammo buning uchun o‘z cho‘ntaklaridan pul to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring