AQSHda ikki yuzli mushukcha dunyoga keldi

AQSHning Oregon shtatida ikki yuzli mushukcha 20 may kuni dunyoga keldi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Gravy Bun“ deb nomlangan mushukchada ikkita burun, to‘rtta ko‘z va ikkita kichkina og‘iz va bitta miya bor edi. Mushukchaning ikki yuzliligi ovqatlanish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tug‘dirmadi. Lekin, mushukcha ko‘p yashamadi. Tug‘ilganidan 4 kun o‘tib vafot etdi.

“U ko‘p yedi, ammo o‘smadi. Ikki yuzli katta boshni ushlab turish unga qiyin bo‘ldi“ deb yozadi mushuk egasi Facebook'da.

Реклама на Unews

Garchi bunday mushukchalar odatda 10 kundan ortiq yashamasa ham, Frank va Lui ismli ikki yuzli mushuk 15 yil yashab, 2006 yilda Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan.

Реклама на Unews

BMT koronavirus epidemiyasining ikkinchi to`lqinining oldini olish yo`lini ma`lum qildi

Xorijda asosan katta yoshdagilar vafot etgan bo’lsa, bizda yoshlar orasida ham o’lim qayd etildi. Nega?

“Ipoteka — bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring