AQSH Afg‘onistonga 474 million dollar bermoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga COVID-19 ga qarshi qo‘shimcha 1 million doza vaksina va qariyb yarim milliard dollarlik gumanitar yordam ajratadi. Bu haqda AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest xabar berdi.

"Qo‘shma Shtatlar COVAX dasturi orqali Afg‘oniston xalqiga qo‘shimcha bir million doza COVID-19 vaksinasini taklif qildi va bu vaksina dozalarining umumiy sonini 4,3 millionni tashkil qiladi", deb yozdi Uest Twitter'dagi sahifasida.

Shuningdek, u joriy yilda AQSH Afg‘onistonga ko‘rsatgan insonparvarlik yordamiga 474 million dollar qo‘shganligini  ta’kidlagan.

Реклама на Unews

Avvalroq, Jahon banki Afg‘oniston uchun 280 mln dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring