Antimonopoliya qo`mitasi benzin oshishiga doir axborot beradi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi benzin narxlarini oshishiga doir axborot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Qo`mita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda benzin narxlariga ta`sir qiluvchi omillarni, shu jumladan bozor ishtirokchilarining narxlarni sun`iy o`sishga olib kelishi mumkin bo`lgan harakatlarini aniqlash va bartaraf etish ishlari davom ettirilayotganligi ma`lum qilinadi.

Ushbu yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha qo`shimcha axborot, 2021 yil 16 noyabr kuni O`zbekiston tovar-xomashyo birjasi bilan hamkorlikda o`tkazilishi rjalashtirilayotgan Yuqori likvidli va monopol tovar va xomashyolari birja savdolarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida beriladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring