Andijondagi chegaradan Qirg`izistonga fuqa
1550 12-04-2022 0 O'zimizda21 000 AQSh dollarini yashirib olib chiqishga bo`lgan urinish chippakka chiqdi!
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yo`lagi orqali Qirg`iziston Respublikasiga o`tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro N.Sning harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortishi natijasida fuqaro N.S belgilangan tartibda bojxona shaxsiy ko`rigidan o`tkazildi.
Реклама на Unews
Natijada fuqaroning yonidan deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan olib chiqish me`yoridagi naqd xorijiy valyutadan ortiqcha bo`lgan 21 200 AQSh dollari mavjud ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.