Andijonda qiz o‘zini o‘ldirdi, onasi esa o‘zini yoqdi. Nega?

2020 yil 24 iyul kuni soat 23-00 larda Marhamat tumani, “Tosh yo‘li” MFY, “Sadoqat” ko‘chasida yashovchi fuqaro N.M. (1999 y.t.), sevgan yigitini kutib turgan voyaga yetmagan T.M.ni uyali telefoniga rasmga olib, ushbu fotosuratlarni uning ota-onasi va profilaktika inspektoriga ko‘rsatishini aytgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ushbu ma’lumotlar boshqalarga oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, T.M. o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning onasi S.B. olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bo‘lib, 2020 yil 30 noyabr kuni soat 12-15 larda Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan va viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari F.Raxmanov tomonidan qabul qilingan.

Реклама на Unews

Fuqaro S.B. qabul jarayonida tergovchi tomonidan ularning talablari bajarilmasdan, uning fikricha qizining vafotiga aybdor bo‘lgan N.M.dan yetkazilgan zarar hisobiga “Spark” avtomashinasi undirilmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari F.Raxmanov qabul jarayonida jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotganligi, “Spark” avtomashinasini undirish tergov organlarining vakolatiga kirmasligini, tergov yakuni bo‘yicha barcha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini tushuntirgan.

Olingan javobdan qoniqish xosil qilmagan fuqaro S.B. “Spark” avtomashinasi undirilmagan taqdirda o‘ziga o‘t yoqib, joniga qasd qilishini bildirib, viloyat prokuraturasini tark etgan. Vaziyat keskinlashuvi va boshqa holatlarni oldini olish uchun Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari viloyat prokuraturasiga chaqirilgan.

Реклама на Unews

Shundan so‘ng, shu kuni soat 13-20 larda S.B. viloyat prokuraturasi avtomashinalar turargoxida baqirib, boshqa shaxslarni o‘ziga jalb qilib, turmush o‘rtog‘i X.T.dan 1 litrli plastmassa idishda bo‘lgan “Benzin” yoqilg‘isi va gugurtni olib, o‘zining yelka qismlariga quygan va turmush o‘rtog‘i X.T. tomonidan o‘zini yoqishi va viloyat prokuraturasi binosi ichiga yugurib kirib ketishi haqida ko‘rsatma olganidan so‘ng o‘ziga o‘t qo‘yib yoqib yuborgan.

Shu vaqtda voqealar rivojini kuzatib turgan Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari tomonidan S.B.ning egnida yonayotgan kiyimlari yechib olinib, uning kuyib og‘ir tan jarohati olishi oldi olingan.

Ayni vaqtda S.B.ning yuzi, qo‘llari, bo‘yin va ko‘krak qafasi sohalari jami tanasining 15 foiz qismi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirildi.

Mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring