BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Andijonda erkak o`z xotini, qaynonasi va 16 yoshli qaynukasini pichoqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumanidagi 22 yoshli ayol o`z eri tomonidan o`ldirilganlii, qizni himoyasiga chiqqan uning onasi va ukasi ham pichoqlangani to`g`risida xabarlar tarqaldi.  Ushbu xabarlarni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Darakchi.uz”ga tasdiqladi. 

Prokuratura vakilining ma`lumotlariga ko`ra, 12 sentyabr kuni soat 22:00 larda Izboskan tumani “To`rko`l” MFYda yashovchi U.S. tuman IIBga murojaat qilib, qo`shnisining xonadonida janjal ovozini eshitib chiqqani va erda xonadon egasi M.R. hamda uning qizi Sh.R.ning qonga belanib yotganini ko`rgani to`g`risida xabar bergan. Hodisa joyiga viloyat prokurori, uning o`rinbosari, o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi vakillari, tuman prokurori, viloyat IIB boshlig`i va tezkor-tergov guruhi a`zolari etib borgan.

 

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida “To`rtko`l” MFYda yashovchi 32 yoshli A.A. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli onasining uyida yashab kelayotgan turmush o`rtog`i 22 yoshli Sh.R. va 1 yoshli farzandini bilan ko`rish uchun borganligi aniqlangan. U farzandini ko`rishga qarshilik qilgan qaynonasi M.R. va rafiqasi Sh.R. bilan janjallashib qolgach, o`zi vaqtincha ishlayotgan somsaxonadan xo`jalik pichog`ini olib kelgan va qaynonasi hamda xotinini, keyinchalik janjalga aralashgan 16 yoshli qaynukasini pichoqlab, voqea joyidan yashiringan. Etkazilgan tan jarohatlari oqibatida ona va qiz voqea joyida vafot etgan. Qaynukasi esa tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 2-qimi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha terfov harakatlari olib borilmoqda.

SSV: Tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 3 ming nafardan ortiq chaqaloqda yuqori texnologik operasiyalar o‘tkazildi Sir emas, avvallari turli tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelgan o‘g‘il-qizlarning aksariyatini davolash imkoni bo‘lmagan. Oqibatda ulardan bir qismi chaqaloqlik, bolalik yoki o‘smirlik davrida hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, qolganlari umr bo‘yi nogironlik asoratlaridan aziyat chekib yashagan. Zamonaviy tibbiyot bugun ana shunday qismat egalari bo‘lgan jajji bemorlarni ham sog‘lom hayotga qaytarish choralarini topmoqda. Muhimi, ularda o‘tkazilayotgan yuqori texnologik operasiyalar kam invaziv usullarda bajarilyapti.   Xo‘sh, bu yo‘nalishda yurtimiz tibbiyotida qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda? — Mamlakatimizda 2016 yildan shu kunga qadar tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelgan go‘daklarning 3000 nafardan ortig‘ida murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova. — Ushbu operasiyalar Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi shifokorlari tomonidan bajarildi. Masalan, ayrim go‘daklarda qizilo‘ngachning berk bo‘lishi, umuman bo‘lmasligi yoki o‘pkaga borib ulanishi kabi holatlar uchraydi. Yaqin yillargacha yurtimizda qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. Keyinchalik bunday dard bilan dunyoga kelgan go‘daklar operasiya orqali davolana boshladi. Ammo o‘sha paytda bu singari amaliyotlar kesish yo‘li bilan bajarilgan.   Shu yil boshida esa muassasada Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bolalar xirurgiyasi tarixida ilk bor qizilo‘ngach ateriziyasi tug‘ma nuqsoni “Fokker” operasiyasi yordamida bartaraf etildi. Hozir o‘zbek neonatal jarrohlari mustaqil ravishda qizilo‘ngach atreziyasining oqmali turlari va tug‘ma yuqori ichak tutilishida torakoskopik va laparaskopik operasiyalarni amaliyotga keng tatbiq etmoqda. Shu tufayli so‘nggi 8 oy ichida chaqaloqlarda mazkur nuqson tufayli o‘lim ko‘rsatkichlari 0 foizga tushirildi. Qolaversa, chaqaloqlarda tug‘ma diafragmal churrani to‘liq torakoskopik yo‘l bilan, ya’ni tig‘ tekkizmasdan operasiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Gipertrofik pilorostenoz, ya’ni oshqozonning o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tish yo‘lida tug‘ma torayish bilan dunyoga kelgan go‘daklar operasiyasini ham 100 foiz laparaskopik usulda bajarish o‘zlashtirildi. E’tiborlisi, bunday jarrohlik amaliyotlari davomiyligi atigi 8-10 daqiqani tashkil qiladi va jajji bemor salomatligi juda qisqa muddatda hamda asoratsiz tiklanadi. Chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda tug‘ma yo‘g‘on ichak mushaklarining ma’lum qismi bo‘shligi, kengayishi va harakati sustligi bilan bog‘liq xastaliklar kuzatilganda, buni transanal operasiyalar orqali davolashga erishilyapti. E’tiborlisi, ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi bu kabi noyob va ilg‘or muolaja usullarini ko‘paytirish choralarini ko‘rmoqda. (Davomi bor!) Sog‘liqni saqlash vazirligiMatbuot xizmati.

Fikr qoldiring