Andijonda er usti metrosi quriladi

Bu haqda Prezident 29 dekabr kuni “Ta`lim sifatini oshirish – Yangi O`zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to`g`ri yo`lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko`rgazmasida aytgan.

"500 ming kishi yashaydigan Yangi Andijon shaharchasini barpo etyapmiz. U erda ta`lim sohasiga ham ko`p e`tibor qaratamiz. Nasib qilsa, Andijon markazidan Yangi Andijonga qadar er usti metrosini ham olib boramiz.  

Nafaqat Yangi Andijon, barcha hududlarimizda muallimlarga ham, o`quvchilarga ham katta e`tiborni kuchaytiramiz", — dedi Shavkat Mirziyoev.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring