Andijonda 7-sinfda o`quvchi qiz o`qituvchisini kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 7-sinfda o`quvchi qiz o`qituvchisini tepib, haqorat qilgan videohavola tarqaldi. Holatga Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash agentligi munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilishicha, ushbu holat Ulug`nor tumani XTB tasarrufidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi B.X. hamda mazkur maktabning 7-sinf o`quvchisi N.S. o`rtasida bo`lib o`tgan.  

 

B.X. joriy yilning 22 noyabr kuni 4-soatda 7-“B” sinfda tarix fanidan dars o`tish jarayonida shu sinf o`quvchisi N.S. bilan tortishib qolgan, bu tortishuv shu dars jarayonida bartaraf bo`lgan. 

Shundan so`ng, B.X. 5-soatda 5-“B” sinfda tarix fanidan dars o`tayotgan vaqtida 7-sinf o`quvchisi N.S. B.X.ning dars o`tayotgan sinf xonasi eshigini ochib-yopib o`qituvchininng dars o`tishiga xalaqit bergan. B.X. o`quvchi N.S.ga “Nimaga darsga xalaqit beryapsan?” deb tanbeh berib, o`quvchining shaxsiyatiga teguvchi so`zlar bilan haqorat qilgan. X.B. darsdan so`ng o`qituvchilar honasiga kirgan vaqtda o`quvchi S.N. o`qituvchilar xonasiga bostirib kirib, o`qituvchilar o`quvchini tinchlantirishiga qaramasdan X.B.ni qo`pol so`zlar bilan haqoratlab, unga tan jarohati etkazgan.

Реклама на Unews

Shundan so`ng, o`quvchi S.N. maktabdan ketib, uyiga borib, onasi A.N.ga bo`lgan voqeani aytib bergan. S.N. ning onasi A.N. maktabga kelib, X.B. bilan janjallashgan.  Ushbu janjalga o`quvchi S.N. ham aralashib, o`qituvchi X.B. ga yana tan jarohati etkazishgan. X.B. etkazilgan tan jarohati sababli tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. X.B. hozirda uy sharoitida davolanmoqda.

 

 

X.B.ning murojaati bilan tuman IIB tomonidan ekspertiza o`tkazilib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Реклама на Unews

Andijon viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan holat nazoratga olingan va o`rganish ishlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring