Andijonda 4 ballik zilzila qayd etildi

Zilzila magnitudasi epitsentrda 4,1 ni tashkil etdi. Toshkentdan 327 km janubiy-sharqda. Chuqurlik — 15 km.

 
 

28 aprel kuni tonggi soat 03:28 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, uning epitsentri Andijonning Xonobod tumanida joylashgan.

4,1 magnitudali zilzila Xonobod, Qo‘rg‘onepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarida ham sezildi.

 

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Реклама на Unews

  • Xonobod tumanida 4 ball, 2 km.
  • Qo‘rgontepa tumanida 3 ball, 16 km.
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 37 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 2 ball, 44 kmda qayd etilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring