Andijonda 20 yoshli ayol 4 oylik o‘g‘lini pullayotganda qo‘lga tushdi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida o‘z farzandini $5200 dollarga baholab sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 12 dekabr kuni Andijon viloyati IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-tadbir davomida, Jalaquduq tumani «Tuyalas» MFYda yashovchi 20 yoshli Dilfuza K. o‘zining farzandi 2020 yil 15 avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘lini Bozorboshi MFY ko‘chasida joylashgan «Gap» kafesida xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga kimyoviy ishlov berilgan 5200 (besh ming ikki yuz) AQSh dollari pullar evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davomida, Dilfuza K.dan kimyoviy ishlov berilgan $5200 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Dilfuza K. ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u, gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilingan.  

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring