Andijon viloyati hokimligi binosi oldida aholi tomonidan norozilik uyushtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi binosi oldida fuqarolar bilan yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada fuqarolar o`zlarining shaxsiy murojaatlari bilan viloyat hokimligi binosi oldiga norasmiy manbalarga ishongan holda, viloyat hokimi qabuli o`tkazilayotganini aytib, ushbu qabulda ishtirok etish maqsadida kelganliklari ma`lum bo`ldi. Ushbu fuqarolar yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganligi uchun tartibsizlik yuzaga kelgan. 

Реклама на Unews

Shu kunning o`zida viloyat hokimining birinchi o`rinbosari A.Egamberdiev boshchiligida barcha o`rinbosarlar tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi. Shuningdek, ushbu fuqarolarga viloyat hokimining qabuli tasdiqlangan jadvalga asosan har oyning oxirgi shanba kunida o`tkazilishi tushuntirildi.  

Ma`lumot uchun: Murojaat bilan kelgan aholining murojaatlari ro`yxatga olinib, ijrosini ta`minlash maqsadida tegishliligi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va nazoratga olindi", deyiladi rasmiy munosabatda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring