Amerikalik olim siyosatchilarning vaksina ishlab chiqilishi haqidagi va’dalariga ishonmaslikka chaqirdi

Yaqinda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina paydo bo‘lishi dargumon. Kasallikka qarshi aholining ijtimoiy izolyatsiya choralariga amal qilishigina yaxshi natija beradi. Bu haqda saraton kasalligi, OIV va inson genomini tadqiq etuvchi amerikalik olim Uilyam Xezeltayn ma’lum qildi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

“Siyosatchilarning “Meni qayta saylashlari bilan biz vaksinaga ega bo‘lamiz“ degan va’dalariga ishonmang. Balki shunday bo‘lar, lekin men shuni aytamanki, vaksina ishlab chiqish har qanday holatda ham oddiy ish emas“, deydi Uilyam Xezeltayn.

Olim bundan oldingi koronavirus vaksinalari haqida ham aytib o‘tdi.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Xezeltayn, COVID-19 pandemiyasi bilan kurashishning eng yaxshi usuli bu infeksiyaning tarqalishini kuzatish va qattiq izolyatsiya choralarini qo‘llashdir, deb hisoblaydi. Shuningdek, u odamlarga qo‘llarini yuvishni, niqob kiyishni, qo‘l bilan yuzga tegish va ijtimoiy masofani saqlashni qat’iy tavsiya qildi.

Uning fikriga ko‘ra, kasallik aniqlanganlar bo‘yicha yetakchi uch davlat – AQSH, Rossiya va Braziliya odamlarni majburiy izolyatsiya qilish uchun yetarli ish qilmadilar. Shu bilan birga, Xezeltayn Xitoy va Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan shunga o‘xshash choralar formatini yuqori baholadi.

May oyi boshida AQSH Prezidenti Donald Tramp amerikalik mutaxassislar vaksina va dorilar ishlab chiqishda hamda koronavirus infeksiyasini davolashda katta yutuqlarga erishayotganini aytdi.

Реклама на Unews

“Menimcha, biz hatto muddatidan oldin bunga erishamiz“, deydi Tramp o‘sha kungi bayonotida.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, vaksina yaratilganda, AQSH harbiylari uni mamlakat bo‘ylab tarqatishda ishtirok etadilar.

Namanganda 84 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi

Dunyoda ilk bor koronavirusni aniqlaydigan genetik test ixtiro qilindi

Diyor Imomxo‘jayev PFL direktori bo‘lishi kutilmoqda

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring