Alisher Usmonov ajrashdi

Irina Viner millerder Alisher Usmonov bilan ajrashganini tasdiqladi. U  Rossiyaning «Match TV» kanaliga bergan intervyusida ajrashuv FHDYo bo‘limida bo‘lganini aytdi.

«Biz Alisher Burxonovich bilan ajrashdik, buni sud orqali emas, FHDYo orqali qildik. Da’vo qaytarib olindi», dedi Irina Viner.

Rossiya qonunlariga asosan, umumiy farzandlari bo‘lmagan shaxslar nikohni bekor qilish uchun sudga murojaat qilishi shart emas, ularning nikohini FHDYo organlari ham bekor qilishi mumkin.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov va Irina Viner 30 yillik nikohdan keyin ajrashishga qaror qilishgandi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring