Alisher Qodirov: “Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to‘xtatish kerak”

Oliy Majlis Qonunchilik palatsi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov koronavirus infeksiyasning yangi shtammlarini mamlakatga kiritmaslik uchun xorijdagi vatandoshlarni olib kelishni to‘xtatish kerakligi taklifi bilan chiqdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajriba o‘rgangulik. Ular 2020 yilning 1 sentyabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin. Bu yangi to‘lqin degani. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v) ham “Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo bo‘lsa u yerdan ketmangiz” deb bekorga aytmaganlar”, deydi deputat o‘z so‘zini isbotlash uchun.

Реклама на Unews

Shu sababdan Qodirov xorijdagi vatandoshlarni mamlakatga olib kelmasdan, o‘sha yerning o‘zida davolash uchun sharoit yaratish kerakligini taklif qilgan.

“Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o‘ylashimiz kerak. Bu birinchi navbatda o‘sha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun O‘zbekistonga yaxshilik bo‘ladi.

Yana bir yangi shtamm xalqimiz uchun juda og‘ir bo‘ladi”, deydi partiya yetakchisi.

Реклама на Unews

O‘zbekistonda va dunyoda pandemiya boshlanganidan beri Hukumat xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun bir nechta charter reyslari tashkil qildi. Bu reyslarda minglab fuqarolar olib kelindi. Chet eldan olib kelingan o‘zbekistonliklar qat’iy ravishda 14 kunlik arantinga olinadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring