Alisher Qodirov Antimonopoliya qo‘mitasini “UzAutoMotors” obro‘siga putur yetkazishda aybladi

Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi sudda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi g‘olib bo‘lgani haqida xabar bergan edik. “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov deputatlari oldida hisob berishini ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Alisher Qodirovga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti va “UzAutoMotors” kompaniyasining xalqaro reputatsiyasiga qancha zarar yetkazganini hisoblash va javob tayyorlash qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosarini kim masalani ko‘proq tushunishini o‘lchashdan ko‘ra ko‘proq o‘ylantirishi kerak.

“Monopoliya qo‘mitasi avtosanoatda qaror qanday qabul qilinishidan bexabarligi (sud qarori shu xulosani chiqarishga asos bo‘lmoqda) O‘zbekiston iqtisodiyoti va “UzAutoMotors” kompaniyasining xalqaro reputatsiyasiga qancha zarar yetkazganini hisoblash va javob tayyorlash qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosarini kim masalani ko‘proq tushunishini o‘lchashdan ko‘ra ko‘proq o‘ylantirishi kerak, aslida”, deb yozadi Alisher Qodirov. 

Реклама на Unews

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi qo‘mitaning ushbu masalada eshituvini tashkil qilish va tegishli xulosalar chiqarish bo‘yicha taklif tayyorlanishini ma’lum qilgan.

“Partiya tomonidan sud jarayonlari yakunlanishi bilan Monopoliya qo‘mitasining ushbu masalada eshituvini tashkil qilish va tegishli xulosalar chiqarish bo‘yicha taklif tayyorlanadi”, deb yozadi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov O‘zbekistonda “UzAutoMotors” AJ monopoliyasiga va narxlarning asossiz oshirilishiga barham berishning yagona yo‘li bojxona stavkalarini pasaytirish ekanini aytgandi.

Реклама на Unews

Shundan so‘ng, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov bu g‘oyalar ostida O‘zbekistonga yomonlik yotganini aytgan.

Bir necha oy muqaddam Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UzAutoMotors” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzayotganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atgan edi. Shundan so‘ng, maxsus komissiya kompaniya avtomobillar narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi.

Shundan so‘ng, kompaniya maxsus komissiya qarori ustidan sudga shikoyat qildi. Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yutqazdi. Keyinroq esa tashkilot sud qarori ustida apellyatsiya shikoyati kiritgandi. 

Lekin, 18 dekabr kuni Oliy sud Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining “UzAutoMotors” ishi bo‘yicha apellyatsiyasi qanoatlantirilmagani to‘g‘risida xabar berdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 22-12-2020 Хусниддин

    Шу Алишер депутатни халкга биртинлик фойдаси тегмайди нима керак шу одам женерал моторсингиз бошимни куйиб касам ичаманки 5 -6 минг доллир киммат бошка давлатдаги мошинларимиздан уялмисизми депутат булиб халкга зарал келтиришга ман шу одамни юзма юз гаплашмокчиман депутат булганидан уялиши керак узи сизга рахбар килиб Расул Кушербайев Булиши керак халк чукяпти баттар чуктиряпсиз

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish