“Agrobank” sobiq boshqaruvchisi va boshqalarning talon-torojliklari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalar soxta hujjatlar asosida bir necha shaxslaring nomiga jami 458,5 mln so‘m kredit mablag‘larini rasmiylashtirib talon-toroj qilganliklari, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring