Adliya vazirligi kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlarga oydinlik kiritdi

Bugun, 12 dekabr kuni AOKA anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xil fikr va munosabatlarga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, kannabis o‘simligini faqat sanoat maqsadlarida yetishtirishga ruxsat berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan faoliyatning ayrim turlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan lisenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari tasdiqlangan bo‘lib unga muvofiq, tarkibida giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foiz bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida (tola va urug‘) yetishtirish BHMning 3000 baravari, shuningdek olib kirish, qayta ishlash, saqlash, realizasiya qilish (berish), olish va tashish uchun BHMning 200 baravari miqdorlari belgilangan.

Реклама на Unews

Vazirlar Mahkamasining “Kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 7 dekabrdagi qarori tasdiqlangan bo‘lib, mazkur qaror kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga soladi.

Shuni inobatga olish lozimki, ushbu qarorda kannabis o‘simligini yetishtirish va undan olinadigan hosilni qayta ishlash va saqlash qat’iy nazoratga olinishi talablari belgilangan bo‘lib, kannabis o‘simligi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tarkibida tetrakannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizdan oshgan taqdirda, ushbu o‘simlik, shuningdek uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar belgilangan tartibda olib qo‘yilishi hamda yo‘q qilinishi o‘rnatilgan.

Mazkur qaror bilan kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish faoliyatini lisenziyalash tartibini o‘z ichiga olgan nizom tasdiqlandi.

Реклама на Unews

Ushbu Nizomga ko‘ra, kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish faoliyatini lisenziyalash Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziya 5 yil muddatga beriladi.

Lisenziya olgan yuridik shaxs kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash ob’ektlari (joylari)ni huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tegishli himoya qilinishini (qo‘riqlanishini) tashkil etishi lozim. Xuddi shunday, kannabis o‘simligini tashish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda avtotransport vositalarining tegishlicha kuzatuvini ta’minlashi lozim.

Kannabis o‘simligini sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib beriladi.

Nizomga muvofiq, kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring