Abiturientlarning javoblar varaqalaridan nusxa ko`chiradigan skaner qurilmalari xato ishlayaptimi? DTM munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim abiturientlarning javoblar varaqalari keltirilgan holda skaner qurilmalari xato ishlayapti degan mazmunda fikrlar bildirilmoqda. Bu bo`yicha Davlat test markazi quyidagilarni ma`lum qildi:

  1.  Test topshirig`iga javob belgilanmasada to`g`ri deb olinishi e`tirozlar blankasi bilan bog`liq va bu bo`yicha avvalroq rasmiy munosabat berilgan.
  2. Bir nechta javob belgilanganda ulardan biri to`g`ri javob sifatida olinishi AQShning SCANTRON korporasiyasining iNSIGHT turkumiga kiruvchi optik qurilmalarining dasturiy ta`minoti va maxsus algoritmi bilan bog`liq bo`lib, bu holat xato hisoblanmaydi.

Ya`ni mazkur qurilmalar javobni o`qishda aylananing bo`yalganlik holatini tekshiradi va kattaroq bo`yalgan aylana belgilangan javob sifatida olinadi. Aylanalarning bo`yalganlik holati bir-biriga yaqin bo`lganda esa birdan ortiq javob belgilangan hisoblanadi va test topshiruvchiga mazkur test topshirig`i uchun ball berilmaydi.

Umuman olganda  SCANTRON korporasiyasining optik skanerlari dunyodagi eng ishonchli qurilmalardan hisoblanib, AQSh, Yaponiya, Turkiya kabi rivojlangan davlatlar ham aynan shu qurilmalardan foydalanadi.

Реклама на Unews

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan javoblar varaqalari esa mazkur shaxslarning millionlab abiturientlar uchun juda muhim bo`lgan, ularning kelajagini belgilab beradigan davlat tadbiriga bepisandlik bilan qarayotganligi, zamirida yigirmadan ortiq tashkilotning juda katta mehnati va zahmati yotgan jarayonni obro`sizlantirishga harakat qilayotganligi va test sinoviga katta maqsadlar qo`ygan holda talaba bo`lish uchun emas, balki boshqa bir g`arazli niyatlarni ko`zlagan holda kelayotganligidan darakdir.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring