6 kishining o`limiga sabab bo`lgan avtobusdagi portlash bo`yicha jinoyat ishi ochildi

Sirdaryoda avtomaktabga tegishli avtobusda gaz balloni portlagani bo`yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

 

Oqoltin tumanida Isuzu rusumli avtobusga o`rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 6 nafar odam halok bo`lganligi 15 nafari esa tan jarohati olganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 262-moddasi (Transportni ta`mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring