3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste`moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgan korxona aniqlandi

Energetika vazirligi rasmiy kanali ma`lum qilishicha tekshiruvlar chog`ida 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik iste`moli miqdoridagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgan korxona aniqlangan.

Ushbu suratda ko`rib turganingiz kabi noqonuniy g`isht pishirish korxonalari minglab aholining sovuqda gazsiz qolishiga sabab bo`lmoqda. Ular fuqarolarning issiq-sovug`iga yaraydigan gazni kuchli bosim bilan gaz tarmog`idan tortib olishi natijasida quyi qismda yashaydigan aholi xonadonlariga gaz etib borishi qiyinlashadi. 

Natijada chaqaloqlar va og`ir bemorlar, keksa qariyalar bo`lgan oilalar sovuqda gazsiz qolib qiynaladi. Shunday qishli-qirovli kunlarda tadbirkorlar ham hamyurtlarimizning turmush sharoitlarini o`ylashlari, insonlar uchun muhim issiqlik manbai bo`lgan tabiiy ne`matning noqonuniy sarflanishidan tiyilishlari kerak. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring